Asli bo'lib o'tgan fojea haqida yozmoqchi emas edim. Chunki, saytimiz
shou-biznes haqida ekanligi hamda siyosiy bilimlarim to'laqonlik
emasligi uchun ham bu mavzuga yondashmadim. Bugun qo'limga qo'qonlik
shoir A'zam Naziriy tomonidan mazkur fojeadan azob chekayotgan qirg'iz
o'lkasidagi o'zbek millatdoshlarimizga bag'ishlab yozgan she'rlari
qo'liimga tushib qoldi. She'rdagi misralarni o'qir ekanman, ushbu ijod
namunasini saytga joylash firki tug'ildi. Ushbu she'r orqali oz
bo'lsa-da, aziyat chekayotgan millatdoshlarimiz taskin topsalar bizga
shuni o'zi kifoya...
SIZLAR
YOLG'IZ EMASSIZ...
2010 - yil iyun oyida
Qirg'izistonning O'sh, Jalolobod hududlarida sodir bo'lgan qonli
fojealardan nafratga kelganim va bu fojeadan ozor chekkan begunoh
qondoshlarimga hamdardlik bildirib bitganlarim...
Jonim behol, tillarim lol, bu hunrezlik qoshida, Qaysi
battol, qabih turdi, bu yovuzlik boshida. Kutilmagan onda nogoh,
yog’ildi o’q ovozlari, Yurak-bag’rim vayron etdi, millatning
oh-zorlari. Josuslarning nag’masiga, o’ynab nog’orasiga, Halokatni
kimlar bitdi, inson peshonasiga. Vahshiy bo’lib, hech sababsiz
changal soldi millatga, Nima bo’ldi birga non-tuz, bo’lgan qirg’iz
elatga? "Qirpichoq”lab qiyomatni soldi millat boshiga, Hujum
ochdi, beshavqat-la, o’zin Vatandoshiga. Yondi, kuydi, uy joylari,
kullar bo’ldi go’shasi, Ko’kka chiqdi ohlar tortgan, el-ulusning
nolasi. Voh, najotsiz qoldi millat, nogohonda zorlanib, "Manqurt”larning
zulmidin oh, qochdilar faryodlanib. Vo darig’, poymol bo’ldi qancha
qizlar nomusi, Bormi, hayhot, vahshiylikni cheki va chegarasi?! Chingiz,
Botu jallodlari, yov Gitler natsistlari, Fitna soldi jirkanch
mahluq, qay millat fashistlari. Begunoh jonni ottirib, bo’gib, chopib
yoqdirdi, Quturgan it, qonho’r och bit, qirg’inbarot etdirdi. Bu
qilmishdan bezovtadir, ajdodlarning ruhlari, Gardanidan tutgay illoh,
Onalarning ohlari. Navoiyning ruhi titrar, Temur bobo g’azabda, Daho
Chingiz Aytmat ruhi, arosatda azobda. Daryo bo’lib oqqan qonlar,
jigarlarim qonidur, Qutlug’ qonlar yovuzlarni, yutguvchi ummonidur. Inshaolloh
marhumlarning, tutgay albat uvoli, Al-qasos-u, minal haqdur, tortgay
shahidlar qoni… Millatni qon qaqshatganlar, bir umr nafratdadur, "Andishanin
otin qo’rqoq”, deganlar g’aflatdadur. Tashvishlardan samo yig’lar,
zamin yig’lar, dil yig’lar, Shaffof yang’lig’ ko’z yoshlarim, tomib
ko’ksimni tig’lar. Jabirdiyda millatlarm, sizlar yolg’iz emassiz, Salkam
o’ttiz million o’zbek, elga yaqin jigarsiz. O’kinib, o’ksinmang
aslo, doim yodimizdasiz, Sizlar qavmu-qorindoshsiz, tomir
jonimizdasiz. Aytdi yonib Yurtboshimiz, millatning rahnamosi, Ijobatdur
mazlumlarning, etgan nola duosi. Mazlum xalqqa sabr-toqat, o’zing
ber, odil Olloh, Manqurtlarga kifoya bo’l, har ishda qodir Olloh!
Iyun 2010 yil. Qo'qon shahri. A'zam Naziriy
|